Bunyodkor Stadioni
Bunyodkor Stadioni — Toshkentning Bunyodkor futbol klubi stadionidir.
Shuningdek bu stadionda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham oʻz
oʻyinlarini oʻtkazadi. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu
stadion 34 ming tomoshabinni sigʻdira oladi.
Toshkent
shahridagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi oʻzbek futbolining 100
yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga toʻgʻri keldi.
Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan Markaziy Osiyodagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. OʻFF sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 ming boʻlib, majmua ikki qavatdan iborat boʻldi.
Bunyodkor stadioni 34 000 oʻrinli boʻlib, shundan 1700 tasi
VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar
toʻxtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy
ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi.
120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha
oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq
qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor.
Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda
tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va
yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun
shart-sharoitlar yaratilgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий