воскресенье, 28 декабря 2014 г.

“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi

  “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi


 Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og’ir sinovlar, mashaqqatli kunlarni ko’rmadi. O’z ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yo’lida kurashib, behisob qurbonlar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi.
Islom Karimov

“Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil 1-may sanali “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'g’risida”gi Farmoni asosida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida barpo etilgan.
2002-yil 31-avgustda – mamlakatda ilk bor nishonlangan “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni”da tantanali ravishda ochilgan.
 
Dastlabki bino bir gumbazli 400 m2 hajimdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bo’limdan iborat bo’lgan.
2008-yil 5-may kuni davlat rahbarining “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi  PQ-861-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror ijrosi natijasida muzeyda katta o’zgarishlar amalga oshirildi.
Muzeyning qayta ta’mirlangan va kengaytirilgan binosi qo’sh gumbazli ekspozitsiya uchun mo’ljallangan 3 ta zaldan iborat. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m2 tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m2, yer to’lasi 1568 m2.
Muzey yangilangan ekspozitsiyasi 10 ta bo’limdan iborat.

Комментариев нет:

Отправить комментарий