Buxoro viloyati
Buxoro viloyati — O‘zbekiston
respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari
ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda
turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi
asosan Qizilqum cho‘lida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi
egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda
Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh.
Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi
(2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent,
Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘l,
G‘ijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot,
Romitan, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘ijduvon), 3 shaharcha
(Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yig‘ini bor.
Markazi — Buxoro shahri.
Tabiati
Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik
xususiyatlariga ko‘ra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng
baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi
oralig‘ida Oyoqog‘itma botig‘i joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi
relyef ko‘rinishlarini ajratish mumkin:
- Alohida ifodalangan past tog‘lar, platolar (Kuljuqtov, Tuzkoy tog‘i, Jarqoq, Saritosh);
- Tekis yuzali plato va qirlar (Qorako‘l, Dengizko‘l, Uchbosh, Qoraqir);
- Daryo va ko‘l yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar;
- Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqog‘itma, Dengizko‘l);
- Yassi yuzali vohalarda balandligi 5–15 m li tepalar uchraydi.
Tog‘lar asosan silur, devon, toshko‘mir, bo‘r, paleogen, neogen
davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar to‘rtlamchi
geologik davr tabiiy omillari taʼsirida o‘zgargan. Foydali qazilmalardan
Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, O‘rtabuloqda
neftgaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit
konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda ko‘p mineral suv zaxiralari
aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jing‘ildi,Oyoqog‘itma botig‘i
atroflaridan topilgan suvlardan xo‘jalikda qisman foydalaniladi. Viloyat
seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila
zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq,
iyulning o‘rtacha harorati 28—32°, qumliklarda 60—70° gacha ko‘tariladi.
yanvarning o‘rtacha harorati 0° dan —2° gacha yiliga 90–150 mm yog‘in
tushadi. Asosan bahor va qishda yog‘adi. Vegetatsiya davri 220 kun.
Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — AmuBuxoro mashina kanali.
Quyimozor, To‘dakul, Sho‘rkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan
tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan
Dengizko‘l, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi ko‘llar mavjud. Buxoro
viloyati bo‘yicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada sho‘rlangan.
Cho‘l zonasida kam chirindili qo‘ng‘ir tusli sur, qumli ishgandan so‘ng,
oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga
oshirildi.
Sanoati
Korxonalar ilg‘or texnologiya bilan jihozlandi. Yangi qadoqlash
liniyalari, Buxoro, G‘ijduvon, Qorako‘l, Vobkent shaharlarida Germaniya
texnologiyasiga asoslangan non sexlari ishga tushirildi. „Buxoroteks“
aksiyadorlik jamiyatining filiallari G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l va
Olotda ishlab turibdi. Buxoro pillakashlik fabrikasi va uning
filiallarida pilla qayta ishlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar
fabrikasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va ichki kiyimlari
ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va G‘ijduvon
poyabzal fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan
„Vardanzi“ tikuvchilik qo‘shma korxonasi, „Qorako‘l“ aksiyadorlik
jamiyati qoshida Yunoniston bilan hamkorlikda „Omega—Sitora“ qo‘shma
korxonasi ishga tushirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro
„Zardo‘z“ aksiyadorlik jamiyati, G‘ijduvon kulolchilik sexi, G‘ijduvon
va Shofirkondagi gilam to‘qish fabrikalari, Kogon paxta titish
fabrikasi, Romitan to‘qimachilik fabrikasi, tikuvchilik, badiiy
kashtachilik, misgarlik, zargarlik, kosibchilik va 20 dan ortiq g‘isht
zavodlari ishlab turibdi. Paxta tayyorlash punktlari, quritish, tozalash
sexlari, paxta tozalash zavodlari bor. Paxta tolasi yangi uskuna va
texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda.
Buxoro uysozlik kombinati, Kogon ohak zavodi, Quyimozor va Kogon yig‘ma
temirbeton buyumlari zavodlari, Italiya bilan hamkorlikda qurilgan
koshinlar ishlab chiqariladigan „Minokor“ zavodi, Buxoro temirbeton
zavodi bor. Gazavtomatika ishlab chiqarish birlashmasida qurilish
materiallari ishlab chiqariladi.Qishloq xo‘jaligi. Buxoro viloyati
iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi (paxtachilik, g‘allachilik,
mevachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik)
tashkil etadi. Viloyat dehqonchiligida sug‘oriladigan yerlar (tomorqa
yerlar bilan birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga, cho‘l
yaylovlari 2764, 6 ming ga, Paxta 129 ming ga, makkajo‘xori 857 ga,
donli ekinlar 81,2 ming ga, sholi 200 ga, pomidor 2741 ga,
sabzavot-poliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga, kartoshka 2967 ga,
yemxashak ekinlari 15,9 ming ga, shu jumladan beda 7,1 ming ga, bog‘lar
18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga, Buxoro viloyati da 236 shirkat
uyushmasi va jamoa xo‘jaligi, 4162 fermer xo‘jaligi, 41 xo‘jaliklararo
korxona, 5 parrandachilik fabrikasi mavjud (2001), Chorvachilik Buxoro
viloyatining rivojlangan tarmog‘i bo‘lib, qoramolchilik, qo‘ychilik,
echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va parrandachilik rivojlangan.
Ayniqsa, Buxoro qorako‘llari mashhur. Buxoro viloyatining barcha
tizimdagi xo‘jaliklarida 428 ming qoramol, shundan 184,7 ming sigir, 750
ming qo‘y, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming
parranda mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta
o‘rmonchilik xo‘jaligi bo‘lib, asosiy o‘simliklari saksovul, cherkez,
qandim. Qorako‘l o‘rmon xo‘jaligida esa dorivor o‘simliklar ham
yetishtiriladi.Transporti. Buxoro viloyati dan magistral temir yoʻli
o‘tgan. Eng katta temir yoʻl stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi
avtomobil yo‘llarining umumiy uz. 9820 km, shu jumladan qattiq qoplamali
yo‘llar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yo‘llari: Buxoro—Toshkent,
Buxoro—Urganch—Nukus, Buxoro—Turkmanobod (Chorjo‘y) va Buxoro—Termiz
yo‘nalishlari. Aeroport bor.
Taʼlim, madaniyat, sport
2000/01 o‘quv yilida viloyatda 528 umumiy taʼlim maktabi bo‘lib,
325,2 ming o‘quvchi, 25 gimnaziyada 5700 o‘quvchi taʼlim oldi.
1998—2001-yillarda 14 kasbhunar kolleji va 5 akademik litsey qurib
topshirildi. 14 kasbhunar kollejida 2400 o‘quvchi o‘qiydi.
2001—2003-yillarda viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunartexnika
bilim yurtlari kasbhunar kollejlari va akademik litseylarga
aylantiriladi (O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12 iyun qarori).
Viloyatda 3 oliy o‘quv yurti bor: Buxoro universiteti, Buxoro oziq-ovqat
va yengil sanoat texnologiyam instituti, Buxoro tibbiyot instituti.
Ularda 9800 talaba taʼlim oladi (2001). Buxoro shahrida O‘zbekiston
paxtachilik i.t. institutining Buxoro filiali (1928—94-yillarda Buxoro
paxtachilik tajriba stansiyasi) faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda Buxoro
davlat meʼmoriy-badiiy muzeyqo‘riqxonasi (uning 6 filiali bor), 450
ommaviy kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat
bog‘i, 15 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Buxoro shahridagi Abu Ali
ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921) respublikadagi nufuzli
kutubxonalardan sanalib, unda noyob qo‘lyozmalar mavjud. Buxoro viloyati
da 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya
teatri to‘ng‘ich oʻzbek professional teatrlardan biri. 1921-yil
xavaskorlar guruhi asosida tashkil qilingan. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq
teatri 1982-yil tashkil qilingan. Buxoro viloyati dan Olim Xo‘jayev,
Hikmat Latipov, Saʼdixon Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, Nazokat
Neʼmatova, Aminjon Akobirov, Razzoq Hamroyev kabi yirik sanʼatkorlar;
Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov,
Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Levina Hofiz, Sattor Yarashev, O‘lmas Rasulov,
Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari
va kompozitorlari. Maryam Yosubova, Tesha Mo‘minov, Baxtiyor Ixtiyorov,
Ahmadjon Shukurov singari xalq artistlari yetishib chiqqan.Sog‘liqni
saqlash. Viloyatda 6700 o‘rinli kasalxonada 4343 vrach va 16100 o‘rta
tibbiy xodim ishlab turibdi. 22 ayollar konsultatsiyasi, 281 qishloq
vrachlik punkti, 68 feldsherakusherlik punkti, 28 qishloq uchastka
kasalxonasi bor. 17 poliklinikada jarrohlik markazlari, 9 ambulatoriyada
ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 3
sanatoriy, jumladan Sitorai Moxi Xosa sanatoriysi mavjud. Buxoro
shahridan 25 km narida To‘dako‘l dam olish maskani joylashgan.
2001-yilgacha o‘z kasbi bo‘yicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun
viloyatda 150 mutaxassisga litsenziya berildi. Sport. Buxoro viloyati
sportchilarisportning ko‘plab turlari bo‘yicha turli darajadagi
musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, chim ustida xokkey, voleybol,
futbol, tennis, boks va b.). Buxoro viloyati da shakllangan va o‘z
tarixiy ildiziga ega buxorocha kurash bugungi kunda o‘zbekcha kurash
sifatida jahon sport olamida o‘ziga xos o‘rin e gall ad i. Buxorodan
sambo bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbonov, 2 marta jahon
chempioni Shuhrat Xo‘jayev, jahon chempionlari Shuhrat Ochilov, Botir
Turdiyev, Ra uf Boltayev, Botir Xujayev, kurash bo‘yicha 1-jahon
chempionlari Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, 1Osiyo chempioni Farhod
Turayev, Shuhrat Saʼdiyev (yunonrum kurashi), Narimon Otayev (boks) kabi
mashhur sportchilar yetishib chiqqan. „Sitora“ ayollar jamoasi chim
ustida xokkey bo‘yicha Osiyo chempionlari kubogi sohibidir (2000).
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sport turlari Buxoro shahri va
viloyatida ommalashdi. Zamonaviy sport inshootlaridan „Buxoro“ futbol
klubining 25000 tomoshabinga mo‘ljallangan „Buxoro“ stadioni, „Semurg‘“
suv havzasi, „Olimpiya“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro
musobaqalar o‘tkaziladigan „Xumo“ tennis korti mavjud. Buxoro viloyati
da 44 bolalar va o‘smirlar sport maktabida 27 mingdan ziyod o‘quvchi
taʼlim oladi (2001).Adabiyoti. Buxoro qadimdan shoir va ulamolar
to‘plangan eng yirik shaharlardan biridir. Unga „Qubbat ulislom“,
„Buxoroyi tarif“ unvonlari berilgan. Buxoroda „malik ulkalom“ Abu
Abdulloh Jaʼfar Rudakiy yashab, ijod qildi. Narshaxiyshtt „Buxoro
tarixi“ asarida go‘zal sheʼriy parchalar mavjud. Bal’amiy Tabariyning
„Taʼrix…“ asarini Buxoroda fors tilida qaytadan yozgan. Ibn Sino buyuk
qomusiy olim bo‘lish bilan birga arab va forstojik tillarida shs’riy
asarlar yozgan. Buxorolik Daqiqiy Abu Mansur Muhammad Firdavsiyning
ustozi bo‘lib, „Shohnoma“ dostonini dastlab u yoza boshlagan. Abu Mansur
Saolibiy „Yatimat ud-dahr“ tazkirasida 10-asrda poytaxt Buxoroda yashab
arab tilida ijod qilgan 25 shoir haqida qimmatli maʼlumotlar keltiradi.
Uning yozishicha, „Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shonshuhrat
makoni, saltanat kaʼbasi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer
yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari
yig‘ilgan joy edi“. Avfiy Buxoriy adib, tarjimon va tazkiranavis olim
edi. U Turon adabiyotida tazkiranavislik janriga asos solgan.
Sharofiddin Buxoriy (13—14-asrlar) mashhur „Chor kitob“ni tuzgan
shofirkonlik ulug‘ mutasavvuf shoirdir. Temuriylar sulolasi davrida
Buxoroda Nosir Buxoriy, Ismat Buxoriy (1365—1426), Burunduq Buxoriy,
Tohir Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Sayfiy Buxoriy (15-asr) kabi shoirlar
yashab, devon tuzishgan. Ismat Buxoriy oʻzbek, fors va arab tillarida
sheʼr yozish anʼanasini Buxoroda boshlab berdi. „Ibrohim Adham“
dostonini o‘zbekchada bitdi. U temuriy shahzoda Xalil Sultonning
murabbiysi edi. Muhammad Solih Muhammad Shayboniyxonta bag‘ishlangan
o‘zbekcha „Shayboniynoma“ dostonini yezdi. Shayboniylar sulolasining
vakillari bo‘lgan Buxoro xonlari Muhammad Shayboniyxon „Shayboniy“,
Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton „Ubaydiy“, Abdul laxon II „Xon“ ta
xalluslari bilan sheʼr va dostonlar yozishdi, devon tuzishdi. Xususan,
Ubaydullaxonning ijodi sermahsul bo‘lib, u oʻzbek, fors, arab tillarida
lirik g‘azallar, masnaviy yo‘lida so‘fiyona mazmun bilan sug‘orilgan
risolalar yozgan.Hasanxo‘ja Nisoriy „Muzakkiri ahbob“ tazkirasida
16-asrda faqat Buxoroning o‘zida yashab, ijod qilgan 110 nafar shoir va
tarixchilarning nomlarini keltiradi. Ular orasida Mavlono Abdurahmon
Mushfiqiy, Mavlono Majlisiy, Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniy
(„Mehmonnomayi Buxoro“ tarixiy asari va o‘zbekcha sheʼrlari bor),
Mavlono Naxliy (1549—1636; u Hofiz Tanish Buxoriy bo‘lib,
„Abdullanoma“ — „Sharafnomai shohiy“ tarixiy asarining muallifidir),
Mavlono Xoja Muhammad Sadr (Afzaliy), Mavlono Foniy, Mavlono Qabuliy
Buxoriy, Devona Husomiy (Husomiy Qorako‘liy; 1442—1505), Sayd
Podshohxo‘ja bin Abdulvahhobxo‘ja (Xoja), Mavlono Kasiriy, Mavlono
Afsariy, Sayfiy Aruziy, Saqqo Buxoriy kabi mashhur shoirlar bor.Turdi
Farog‘iy, Buxoriy Naxliy, Shavkat Buxoriy (17-asr), Mulham Buxoriy,
Voras, Saidkamol Fitrat (17—18-asrlar), Imlo Buxoriy, Abdullatif Kirom
Buxoriy (18-asr) ashtarxoniylar davridagi eng taniqli shoirlar edi.
Buxoro viloyati da mashhur shoir Sayido Nasafiy (17-asr) yashab ijod
qildi. Yirik faylasuf olim Muhammad Sharif Buxoriy (vafoti 1697)
„Favoidi Hoqoniyya“ (1643), Muhammad Yusuf Munshiy „Tarixi Muqimxoniy“,
Mir Muhammad Amir Buxoriy „Ubaydullanoma“, Muhammad Amin ibn Muhammad
Zamon Buxoriy „Muhit attavorix“ tarixiy asarlarini yozishdi. Mir
Muhammad Amin Buxoriy Subxonqulixon (hukmronligi 1681 — 1702) va
Ubaydullaxon II ibn Subxonqulixon (hukmronligi 1702— 1711) saroyida bosh
munshiylik lavozimida xizmat qildi. Buxoro xoni Subxonqulixon
„Nishoniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yezdi. Muhammad Vafoyi Karminagiy
(1685—1769) „Tuhfat ulXoniy“ („Xon tuhfasi“) kitobining muallifidir.
Shoir, tarixchi va munajjim Abdurahmon Toleʼ (18-asr) „Tarixi
Abulfayzxon“ asarini yaratdi. Muhammad Sharif Buxoro amirligi tarixiga
oid „Toj uttavorix“ (1800) asarini yezdi. Buxoroda mang‘itlar sulolasi
davrida Mirzo Sodiq Munshiy, Mirzo Ato, Muhammad Nishotiy, Mujrim Obid,
So‘fixo‘ja So‘fiy, Bebok, Vozeh, Savdo (1824—73), Muztarib, Iso Maxdum
Buxoriy (1827—88), Muhammad Siddiq Hayrat (1876—1902), Abdurahmon Tamkin
(1851—1915), Mirzo Hayit Sahbo, Ahmad Donish, Yaʼqub ibn Doniyol
Buxoriy (17711831), Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif (18—
19-asrlar), Muhammad Olim Buxoriy (19-asr), Mirzo Abdulazim Somiy
Bo‘stoniy kabi shoir va tarixchilar ijod qilishgan. Sadr Ziyo —
Sharifjon Maxdum (1867—1932), Mirzo Sirojiddin Hakim (18771912), Mulla
Ikrom (Ikromcha domla) ham ularning munosib izdoshlari edi. Buxorolik
Afzali Pirmastiy (vafoti 1915) „Afzal uttazkor“ (1904) tazkirasida
19-asr oxiri — 20-asr boshida Buxoroda yashab o‘tgan 135 ijodkor haqida
maʼlumot beradi.Jadid adabiyotining tamal toshini qo‘yganlar safida
buxorolik Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy bor. Abdulvohid Burhonov
„Munzim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.20-asrda Buxoroda o‘ziga xos
adabiy muhit shakllandi. Sulton Jo‘ra (1910— 43), Muhammadjon Rahimiy
(1901—67), Jalol Ikromiy, Toshpo‘lat Hamid (1927—84), Saʼdulla
Karomatov, Nemat Aminov, Jamol Kamol, Omon Muxtor, Oydin Hojiyeva,
Toshpo‘lat Ahmad kabi shoir va adiblar sho‘rolar rejimi davrida ham
badiiy jihatdan pishiqasarlaryaratshddi. Bugungi o‘zbek adabiyotining
taraqqiyotida Gulchehra Jo‘rayeva, Usmon Qo‘chqor, Sadriddin Salimov,
Tilak Jo‘ra, Norto‘xta Qilich, Safar Barnoyev, Yusuf Jumayev, Halima
Ahmedova, Ahad Hasan, Vafo Fayzullo, Sulaymon Rahmon, Chorshaʼm Ro‘zi
kabi shoir va yozuvchilarning o‘ziga xos hissasi bor. Mustaqillik
davrida buxorolik ijodkorlar o‘z salaflarining anʼanalariga sodiq qolgan
holda o‘zbek, tojik, rus tillarida samarali ijod qilishmoqdasrBuxoro
viloyati da O‘zbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar,
meʼmorlar, jurnalistlar va b.) ning viloyat sho‘’balari faoliyat
ko‘rsatmoqdasr Matbuoti, radnoeshittnrnshn va televvsheniyesi. Buxoro
viloyati da 2 viloyat gaz. („Buxoronoma“, „Buharskiy vestnik“), 11 tuman
gaz., 2 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek 9 tarmoq gazetasi
nashr etiladi. Buxoro viloyati da dastlabki radio eshittirishlari
1922-yildan boshlagan. O‘sha davrdan radio ijtimoiysiyosiy hayotga doyr
mazmunli eshittirishlari bilan eʼtibor qozonmoqdasr Buxoro viloyati
radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2001).1924-yilda
Turkistondagi dastlabki kino tashkiloti Buxoroda tuzildi (q. „Buxkino“).
1993 ylan Buxoro viloyati televideniyesi faoliyat ko‘rsatmoqdasr
Studiya uchun maxsus bino kurilgan. Bir oylik ko‘rsatuvlar vaqgi 30
soatdan ortadi. Buxoroda „Istiqlol“ xususiy televideniyesi tashkil
ztilgan (1995). Buxoro viloyati G‘ijduvon shla „Ark“ xususiy
televideniyesi ham bor. Meʼmoriy yodgorliklari. Buxoro viloyati kddimiy
davr, ilk va o‘rta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklarga juda boy.
Hozirgi vaqtda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqo‘rikxonasi hisobida
997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qad. yodgorliklardan biri
sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi — Buxoro arki (mil. av.
1-asr) bugungi kungacha saqlangan.Shahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin
Boharziy makbarasi (13-asr), Bayonkulixon makbarasi (14-asr), Buxoro
tumanidagi Sumiton qishlog‘ida Chorbakr ansambli (16-asr), Hazrat bobo
masjidi (18-asr), amirning yozgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xosa saroyi
(19—20-asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (12-asr), Chashmai
Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi (13-asr),
Abdurahmon Vali maqbarasi (14-asr), Vobkent hammomi (16—17-asrlar),
Toshmasjid (16—17-asrlar), So‘fidehqon xonaqosi (17—18-asrlar), Jondor
tumanida Varaxsha shahar harobalari (7-asr), Mahmud Torobiy dahmasi
(13-asr), Qizbibi majmuasi (15-asr), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda
Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon honaqosi va Dahmai Shohon
(14—16-asrlar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (14-asr), Kogon shahrida
Temiryo‘lchilar (sobiq Amir) saroyi (19—20-asrlar), Peshku tumanida
Xo‘jam Bandi Kushod va Xo‘jam Sayd Po‘lat maqbaralari (18—19-asrlar),
Romitan tumanida Xoja Ali Rometaniy — Xojai Azizon va Xoja Muhammad
Boboyi Samosiy maqbaralari (14-asr), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Shofirkon
tumanida Vardonze shahar yodgorligi (6—7-asrlar), Hazor Hyp daxmasi
(8-asr), Xoja Orif Revgariy — Mohitobon maqbarasi (13-asr), Qorovulbozor
tumanida Bo‘zachi va Qorovulbozor sardobalari (17-asr), Qorako‘l
tumanida Poykend shahar harobalari (8-asr). Shoburxon ota maqbarasi va
masjidi, G‘ijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy — Xojai Jahon
(12-asr) masjidi va maqbarasi, Ulug‘bek madrasasi (15-asr), Toshmasjid
va Dehqonbobo xonaqosi (15—16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr),
Chorsu masjidi (18— 19-asrlar) kabi noyob meʼmoriy obidalar saqlangan.
Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi
(11-asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom maqbarasi (10—11-asrlar),
Qosim shayx xonaqosi (16-asr) mavjud.Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq
meʼmorlik anʼanalari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. O‘zbek xalqi tomonidan
ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy
isteʼdodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik kudratidan dalolat
beradi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий